MAKTABLARDA SPORTNING 7 TURINI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA 7 MUHIM QADAM TASHLANDI


Eslatib oʻtamiz, 2018-2020-yillarda Xalq taʼlimi vazirligi futbol assotsiatsiyasi, dzyudo, basketbol federatsiyalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgandi.
Endilikda:
- boks;
- badiiy gimnastika;
- gandbol;
- voleybol;
- stol tennisi;
- kurash;
- regbi kabi sport federatsiya va assotsiatsiyalari bilan mustahkam hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

Mazkur hamkorlik memorandumlarini imzolash jarayonida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, boks, voleybol, stol tennisi, regbi, gimnastika, gandbol, kurash boʻyicha mamlakat federatsiya va paralimpiya assotsiatsiyalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.
Memorandum asosida:
Voleybol, gandbol, regbi, kurash, stol tennisi federatsiyalari 205 ta maktablarga malakali trenerlar biriktirilib, sport seksiyalari tashkil etiladi. Mazkur maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari malakasi oshiriladi va qayta tayyorlanadi. Bundan tashqari, boks, badiiy gimnastika federatsiyalari — 50 ta maktablarga malakali trenerlar biriktirilib, sport seksiyalari tashkil etiladi.

Voleybol sport turi boʻyicha — 410 dona voleybol toʻpi, 205 dona voleybol setkasi va oʻquv-qoʻllanmalar; gandbol sport turi boʻyicha — 1025 dona gandbol toʻpi, 10 dona gandbol darvozasi, 205 dona gandbol setkasi va oʻquv-qoʻllanmalar; kurash sport turi boʻyicha 205 ta kurash gilami va oʻquv-qoʻllanmalari; regbi sport turi boʻyicha 820 dona regbi toʻpi va oʻquv-qoʻllanmalar ajratiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi Raisini qabul qildi4-12-2020, 16:26
OʻZ VAQTIDA UMUMIY OʻRTA TAʼLIM OLMAGANLAR UCHUN EKSTERNAT TARTIBIDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI TOPSHIRISHIDA HUJJATLAR QABUL QILINMOQDA24-03-2021, 17:07
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga4-12-2020, 16:25
Xorazm viloyatini mahallalar kesimida rivojlantirish choralari muhokama qilinmoqda14-12-2020, 12:50
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari7-12-2020, 08:40











